Tramp saylovda mag‘lub bo‘lsa hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishga va'da berdi

Jahon 11:29 / 16.10.2020 6031

Boshlovchi Trampdan agar u saylovda mag‘lub bo‘lsa, hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirilishini kafolatlashi haqida so‘ragan. «Ha, men hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirilishini kafolatlayman. Lekin, men bu saylovlar halol o‘tishini xohlayman», – deya javob bergan prezident. Trampning qo‘shimcha qilishicha, hozirda u va jamoasi o‘zlarining g‘alabasiga ishonmoqda.

Avvalroq, Donald Tramp saylovlarda mag‘lubiyatga uchrasa, saylov natijalarini tan olmasligi mumkinligini aytgan edi. Trampning fikricha, uning raqibi saylov natijalari soxtalashtirilsagina yutishi mumkin.

Trampning saylovlar bo‘yicha raqibi Jo Bayden bunga javoban bu holatda harbiylar Trampni Oq uydan olib chiqishlariga to‘g‘ri kelishini aytgan.

AQShda prezident saylovlari 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Unda g‘oliblikka asosiy da'vogarlar Donald Tramp va Jo Bayden hisoblanadi.

15 oktabr holati bo‘yicha RealClearPolitics so‘rovnomasi ma'lumotlariga ko‘ra, amerikalik saylovchilarning 42,3 foizi amaldagi prezidentni, 51,7 foizi esa Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: