Qozog‘iston va Rossiya harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani yangiladi

Jahon 20:22 / 16.10.2020 3526

 Qozog‘iston va Rossiya mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi yangilangan shartnomani imzoladilar, deb xabar berdi Onado‘lu agentligi Qozog‘iston mudofaa vazirligiga tayanib.

 Hujjat Nur-Sulton shahrida Qozog‘iston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev va Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘rtasidagi uchrashuv yakunida imzolangan.

 Yangilangan shartnoma moddalariga muvofiq, harbiy hamkorlik keng miqyosda amalga oshiriladi hamda harbiy ta'lim va kadrlar tayyorlash, qurol-yarog‘ va texnika yetkazib berish, hamkorlikdagi ikki va ko‘p tomonlama mashg‘ulotlar, qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligi tadbirlarida ishtirok etish kabilarni o‘z ichiga oladi.

 Shartnoma shuningdek, tinchlikparvarlik faoliyati, xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlikka tahdidlarga qarshi kurashish, madaniyat va sport kabi yangi yo‘nalishlar bilan to‘ldirilgan.

Ushbu shartnoma kuchga kirganidan so‘ng Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida 1994 yil 28 martda tuzilgan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma o‘z kuchini yo‘qotadi.

Ko‘proq yangiliklar: