Matematika va informatikaga bag‘ishlangan O‘zbekiston–Isroil ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 16:44 / 16.10.2020 2893

Anjumanda 20dan ortiq mamlakatdan 200ga yaqin xorijiy va mahalliy fan doktorlari va professorlar qatnashdi, deya ma'lum qildi O‘zbekiston Milliy universiteti axborot xizmati.

Tadbirning ochilish qismida O‘zMU professori Avazjon Marahimov hamda Holon universiteti professori Eduard Yoqubov (y O‘zbekistonda tavallud topgan va mustaqillikka qadar yashagan), O‘zbekistonning Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi Feruza Mahmudova hamda Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zexavet bin-Hellellar nutq so‘zladi.

Onlayn anjumanda AQShning Kaliforniya universiteti professori, xalqaro Filds mukofoti sovrindori Yyefim Zelmanov va Petrovskiy nomidagi mukofot sohibi Aleksandr Skubachevskiy ham ma'ruzalari bilan qatnashdi.

«Konferensiyaning asosiy maqsadi – matematika va informatikaning amaliy va nazariy jihatlarini birlashtirish, «aqlli» texnologiyalarni joriy etish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro ilmiy aloqalarni mustahkamlashdan iborat», – deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: