«Keyingi marra - boj to‘lovi». Rasul Kusherbayev import qilinuvchi mashinalarga bojni bekor qilish taklifini ilgari suradi

O‘zbekiston 10:12 / 16.10.2020 39521

Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev O‘zbekistonga import avtomobillarga qo‘yilgan yuqori boj to‘lovini pasaytirish bo‘yicha taklif ustida ishlamoqda. U bu haqda Kun.uz'ga bergan intervyusida gapirib o‘tgan. 

«UzAuto Motors» va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi nizosi bo‘yicha sud ko‘rilayotgan bir paytda Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev xorijiy mashinalarga nisbatan qo‘llanayotgan yuqori boj to‘lovini pasaytirish monopoliyaga qarshi kurashning keyingi qadami bo‘lishini ta'kidladi

«Bosh maqsad  — bojlarni pasaytirish. Lekin narxni ham asossiz oshirgan ekan (UzAuto Motors nazarda tutilmoqda - tahr.), qani shundan ish boshlaylik, deb o‘ylagandim. Agar biz davom etib ishlasak, bundan keyingi qadam — bojlar masalasi. Negaki, kompaniya juda qudratli, u istalgan masalaga ta'sir ko‘rsatishi mumkin», — deydi u.

Joriy yil 11 mart kuni parlament a'zolari va  «UzAuto Motors»,  «O‘zavtosanoat» vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. Uchrashuvning asosiy masalasi mahalliy ishlab chiqarilgan mashinalar narxining oshirilishi va sifat, raqobat bo‘lgan. Unda deputat Kusherbayev ham faol ishtirok etib, keyinchalik  «UzAuto Motors» faoliyati yuzasidan turli tashkilotlarga so‘rovlar yuborgan

Mart oyida hukumatning tegishli topshirig‘ini olgan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi  «UzAuto Motors» faoliyati yuzasidan tekshiruv o‘tkazib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha ish qo‘zg‘atilganini ma'lum qilgandi. Ayni paytda qo‘mita maxsus komissiyasi qaroridan norozi bo‘lgan  «UzAuto Motors» vakillari sudga shikoyat kiritgan va ish sudda ko‘rilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: