Rossiyada koronavirusdan kunlik o‘lim holatlari soni bo‘yicha rekord qayd etildi

Jahon 19:17 / 15.10.2020 11473

Rossiyada koronavirus kirib kelganidan buyon, ushbu kasallikdan jami vafot etganlar soni 23 ming 491 kishiga yetdi.

Shuningdek, kecha 13 ming 754ta yangi kasallanish holatlari qayd etilgan bo‘lib, yangi holatlarning eng ko‘p qismi Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida kuzatilmoqda.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada pandemiya boshlanganidan buyon kasallikka chalinganlarning jami soni 1 million 354 ming 163 kishiga yetgan. Bemorlarning 1 million 48 mingdan ortig‘i sog‘aygan.

«Rospotrebnadzor» ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Rossiyada bir kunda 478 mingta test olinmoqda, avval kuniga 436 mingta test olinayotgandi. Butun pandemiya davrida 52,2 milliondan oshiq test topshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: