Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchi zavod dekabrda ishga tushadi

Jahon 15:07 / 15.10.2020 4261

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Tsoy biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi vaksina ishlab chiqaruvchi biofarmatsevtika zavodi qurilishi shu yilning dekabrida nihoyasiga yetishini ma'lum qildi.

 «Zavod qurilishi jadal sur'atda bormoqda. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish dekabrga rejalashtirilgan. Reja o‘z muddatida bajarilishiga umid qilamiz», - dedi Tsoy.

Uning aniqlik kiritishicha, zavod Jambil oblastidagi Gvardeyskiy posyolkasida qurilmoqda.

 Mazkur zavod qurilishi iyun oyida boshlangandi. Bu yerda immunobiologik dori vositalari, jumladan koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqariladi.

Ko‘proq yangiliklar: