Qaysi yo‘nalishdagi oliy ma'lumot egasi 6 oy o‘qib, yurist bo‘lib ishlashi mumkinligini bilasizmi?

O‘zbekiston 19:55 / 15.10.2020 85499

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 iyundagi 453-sonli qarori bilan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida oliy ma'lumotli shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan.

Mazkur kurslar davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmatlarida faoliyat olib borish uchun yetarli darajadagi bilim berishni nazarda tutadigan oliy ta'limdan keyingi o‘qitish shakli hisoblanadi.

Kurslarda o‘qish uchun quyidagi 79ta oliy ta'lim yo‘nalishidan birini tamomlagan shaxslar hujjat topshirishi mumkin:

Bular:

1. Matematika o‘qitish metodikasi – 5110100

2. Geografiya va o‘qitish metodikasi – 5110500

3. Tarix o‘qitish metodikasi – 5110600

4. Informatika o‘qitish metodikasi – 5110700

5. Pedagogika va psixologiya – 5110900

6. Kasb ta'limi (yo‘nalishlar bo‘yicha) – 5111000

7. O‘zbek tili va adabiyoti – 5111200

8. Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha) – 5111300

9. Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha) – 5111400

10. Chaqiriqqacha harbiy ta'lim – 5111500

11. Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquqiy ta'lim – 5111600

12. Boshlang‘ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish – 5111700

13. Maktabgacha ta'lim – 5111800

14. Jismoniy madaniyat – 5112000

15. Mehnat ta'limi – 5112100

16. Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha) – 5120100

17. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha)– 5120200

18. Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) – 5120300

19. Falsafa – 5120500

20. Dinshunoslik – 5120600

21. Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha) – 5120700

22. Sharq falsafasi va madaniyati – 5120800

23. Matematika – 5130100

24. Amaliy matematika va informatika – 5130200

25. Fizika – 5140200

26. Geografiya – 5140600

27. Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish – 5151700

28. Sotsiologiya – 5210100

29. Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) – 5210200

30. Jurnalistika va axborot – 220000

31. Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) – 5220100

32. Arxivshunoslik – 5220300

33. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) –  – 5230100

34. Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) –  – 5230200

35. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish (tarmoqlar bo‘yicha) – 5230300

36. Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) –  – 5230400

37. Bojxona ishi (faoliyat turlari bo‘yicha) –  – 5230500

38. Moliya –  – 5230600

39. Bank ishi –  – 5230700

40. Soliqlar va soliqqa tortish –  – 5230800

41. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) –  – 5230900

42. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va o‘lkashunoslik (mamlakatlar va hududlar bo‘yicha) – 5231000

43. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha) – 5231100

44. Sug‘urta ishi – 5231200

45. Pensiya ishi – 5231300

46. Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – 5231400

47. Baholash ishi – 5231500

48. Iqtisod va mehnat sotsiologiyasi – 5231600

49. Kadrlar menejmenti – 5231700

50. Ijtimoiy soha menejmenti va inson resurslari – 5231800

51. Davlat va jamiyat boshqaruvi – 5240300

52. Energetika (tarmoqlar bo‘yicha) – 5310100

53. Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo‘yicha) – 5310600

54. Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha) – 5310800

55. Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta'minoti – 5330100

56. Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – 5330200

57. Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) – 5330300

58. Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi», «AT — Servis», «Axborot xavfsizligi», «Multimedia texnologiyalari») – 5330500

59. Arxitektura (turlari bo‘yicha) – 5340100

60. Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha) – 5340200

61. Shahar qurilishi va xo‘jaligi – 5340300

62. Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha) – 5340400

63. Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport inshootlari turlari bo‘yicha) – 5340600

64. Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish – 5340900

65. Qiymat injiniringi – 5341100

66. Telekommunikatsiya texnologiyalari («Telekommunikatsiyalar», «Teleradioeshittirish», «Mobil tizimlar») – 5350100

67. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment – 5350300

68. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta'limi – 5350400

69. Yer tuzish va yer kadastri – 5410700

70. Qishloq xo‘jaligida menejment – 5420100

71. Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha) – 5520100

72. Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha) – 5610100

73. Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish – 5610200

74. Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) – 5610300

75. Ijtimoiy-madaniy faoliyat – 5610400

76. Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) – 5610500

77. Tashishni tashkil etish va transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha) – 5620100

78. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – 5630100

79. Hayotiy faoliyat xavfsizligi – 5640100

Tinglovchilarni qabul qilish Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan belgilanadigan o‘rinlar miqdoridan kelib chiqqan holda va suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Suhbat yuridik kasbni tanlashning asoslantirilishi, xuquq soxasidagi tayanch bilimlar va tahliliy fikrlashni aniqlash nuktai nazaridan o‘tkaziladi.

Kurslarda ta'lim olish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Kontrakt qiymati ayni paytda 10 mln so‘m etib belgilangan.

O‘quv jarayonlari 6 oy davom etadi. O‘qitish asosiy ish joyidan ajralgan holda tashkil etiladi.

Kurs yakuni bo‘yicha tinglovchilarga Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan davlat namunasidagi diplom beriladi.

Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risida nizomning 7-bandiga ko‘ra, yuridik xizmat xodimi yoxud yuriskonsult lavozimida TDYuU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs ishlashi mumkin.

Shunday ekan, 6 oy o‘qib turib ham davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmatlarida yuridik xizmat xodimi, yuriskonsult, yuriskonsult yordamchisi va yuridik xizmat boshlig‘i kabi lavozimlarda ishlasa bo‘ladi.

Ayni damda kurslarga qabul davom etmoqda.
Kurs haqida qo‘shimcha ma'lumotlarni Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi rasmiy sayti - centersul.uz saytidan olish mumkin

Dilshod Abduqodirov

Ko‘proq yangiliklar: