Olimlar COVID-19ni besh daqiqada aniqlaydigan test ishlab chiqishdi

Jahon 17:45 / 15.10.2020 5418

Oksford universiteti olimlari koronavirus infeksiyasini besh daqiqada aniqlaydigan test ishlab chiqishdi, deb xabar bermoqda Reuters.

 Olimlar bu ixtirodan aeroport va kompaniyalarda ommaviy ekspress-test o‘tkazishda foydalanish mumkinligini aytishmoqda.

 Ularning qo‘shimcha qilishlaricha, testning tajribaviy namunasi 2021 yil boshlarida ishlab chiqariladi. Yana olti oydan keyin esa tasdiqlangan modeli taqdim etiladi.

 Qayd etilishicha, yangi test COVID-19ni aniqlashda yuqori aniqlikka ega, bundan tashqari, u mazkur virusni boshqa kasalliklardan farqlay oladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: