Londonda aholiga mehmonga borish taqiqlandi

Jahon 18:34 / 15.10.2020 3802

Londonda COVID-19 pandemiyasi sababli cheklov choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok ma'lum qildi.

 17 oktyabrdan boshlab shaharda yopiq joylarda uchrashish (xususan, mehmonga borish), ko‘chada olti kishidan ortiq guruh bo‘lib to‘planish, hayotiy zaruratsiz shahar yoki mamlakat bo‘ylab harakatlanish taqiqlanadi. Harakatlanish vositasi sifatida velosiped va samokatlardan foydalanish tavsiya etilmoqda.

Uch darajali cheklov tizimida London ikkinchi darajada joylashgan.

 Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 657 miygdan oshgan, 43 ming kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: