Jeenbekovning qarorgohi yaqiniga IIV bo‘linmalari va qurolli kuchlar otryadlari joylashtirildi

Jahon 15:35 / 15.10.2020 23729

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov istiqomat qiladigan Bishkek janubidagi "Ala-Archa" davlat qarorgohi yaqiniga mamlakat IIV va qurolli kuchlari otryadlari joylashtirildi. Bu haqda guvohlarning so‘zlariga tayanib TASS xabar berdi.

Ma'lumot berilishicha, qarorgohning shimoliy tarafiga militsiya xodimlari va harbiylar joylashgan bir nechta avtobus va harbiy yuk avtomobillari yetib kelgan.

"Ular hozircha avtobus va mashinalarni tark etgani yo‘q", - degan guvohlardan biri.

Xabar qilinishicha, Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan miting ishtirokchilari parlamentning tarqatib yuborilishini talab qilishmoqda.

Miting qatnashchilari mamlakatni bosh vazir Sadir Japarov boshqarishi kerak deb hisoblashmoqda. 

Jeenbekovning iste'fosidan keyin prezidentlik vakolatlari konstitutsiyaga muvofiq parlament spikeri Kanat Isayevga o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: