Akademik koronavirusga chalingan bemorlardagi D vitamini taqchilligi to‘g‘risida ma'lumot berdi

Jahon 16:50 / 15.10.2020 18908

Yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarning 71 foizida D vitamini yetishmovchiligi aniqlandi. Bu haqda Almazov nomidagi milliy tibbiy tadqiqot markazi bosh direktori, RFA akademigi Yevgeniy Shlyaxto o‘z hisobotida ma'lum qildi.

Hisobotda ko‘rsatilishicha, COVID-19 bemorlarining 71,3 foizida D vitamini taqchilligi aniqlangan, jumladan, 36,3 foiz bemorlarda og‘ir yetishmovchilik qayd etilgan.

"D vitamini taqchilligi kasallikning noxush rivojlanishida muhim omil hisoblanadi", - dedi Shlyaxto.

 Sentabr oxirida Boston universiteti tibbiyot maktabi olimlari organizmida D vitamini yetarlicha miqdorda bo‘lgan koronavirusga chalingan bemorlar orasida uning taqchilligi kuzatilganlarga nisbatan og‘ir holatlar va o‘limlar kam bo‘lishi haqidagi xulosaga kelishgandi.

 Iyul oyida Britaniyaning uchta nufuzli ilmiy tashkiloti ham D vitamini koronavirusga chalinish xavfini kamaytirishi mumkinligi borasidagi taxminini bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: