Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Krishtianu Ronaldu koronavirus yuqtirib oldi
«Yuventus» va Portugaliya milliy jamoasi goleadori Krishtianu Ronaldu koronavirus yuqtirib oldi, deya xabar bermoqda A Bola.

Foto: Getty Images
Manbaning yozishicha, Portugaliya milliy jamoasi ixtiyorida bo‘lgan Ronalduning test natijalari musbat chiqqan bo‘lsa-da, u koronavirusni alomatlarsiz o‘tkazmoqda. Futbolchining sog‘lig‘ida muammolar yo‘q. Shunga qaramay, Ronaldu Portugaliya milliy jamoasining 14 oktabr kungi Shvetsiyaga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Ma'lumot uchun, 35 yoshli hujumchi 5 oktabr kuni «Yuventus»dan Portugaliya milliy jamoasi ixtiyoriga kelib qo‘shilgandi. Ronaldu Turin klubida joriy qilingan karantin choralaridan norozi bo‘lgandi.
La Gazzetta dello Sport’ning yozishicha, klubning ikki ishchisida koronavirus aniqlangach, rahbariyat qarori bilan jamoa futbolchilari klub qarorgohi yaqinidagi mehmonxonada o‘zini yakkalash tartibida alohida saqlangan. Bu orada futbolchilar ikki marta test topshirgan va hech kimda kasallik alomatlari aniqlanmagan. Oradan bir necha kun o‘tib futbolchilar joriy qilingan ehtiyot choralariga ko‘ra uchinchi marta ham tekshirishdan o‘tishlari lozim bo‘lgan. Ammo klub futbolchilari orasidan birinchi bo‘lib Krishtianu Ronaldu milliy jamoa o‘yiniga o‘z vaqtida yetib borish uchun o‘zini yakkalash tartibini buzgan va uchinchi tekshiruvni kutmay, klub ixtiyorini tark etgandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

19:05 / 26.06.2025
Ronaldu Saudiya Arabistonida qoldi

09:36 / 05.06.2025
40 yoshli Ronaldu Portugaliyani Millatlar ligasi finaliga olib chiqdi

15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi

14:09 / 24.03.2025