Mobiuz tarif rejalarini yangiladi hamda Internet narxlarini tushirdi

Fan-texnika 12:51 / 10.10.2020 31337

Kompaniyaning kuzgi aksiyalari doirasida beshta tarif rejasi yangilandi hamda oylik Internet-to‘plamlarning narxlari bir necha barobar arzonladi.

Mobiuz mobil operatori mijozlarga yo‘naltirilgan strategiyasini davom ettirmoqda hamda shu kunlarda bir nechta ajoyib aksiyalarni o‘tkazmoqda. Xususan, o‘zgarishlar Mobi 70, 90, 110, 150 va Gap Yo'q Pro tariflarini qamrab oldi – ularning barchasida megabaytlar hajmi sezilarli darajada arzonlashdi. Muhimi, aksiya nafaqat yangi, balki amaldagi abonentlar uchun ham amal qilmoqda.

Masalan, Mobi 90 tarif rejasi bo‘yicha avval oyiga 90 ming so‘m evaziga 18 000 MB, tarmoq ichida bepul qo‘ng‘iroqlar, O‘zbekiston bo‘yicha 3 500 daqiqa hamda 3 500 ta SMS taqdim etilardi. Aksiya bo‘yicha esa tarifning Internet-trafigi 65 000 MBga yetdi, abonent to‘lovi esa o‘zgarishsiz qoldi.

Gap Yo'q Pro maxsus Internet-tarifi oldinlari oyiga 75 ming so‘mga o‘z ichiga 17 000 MB va tungi 8 000 MBni olgan bo‘lsa, hozirda 35 000 MB, tungi 25 000 MB hamda O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga 1 000 daqiqani qamrab olgan.

Tarif rejalaridagi o‘zgarishlar haqidagi batafsil ma'lumot quyidagi havola orqali taqdim etilgan.

Lekin bu ham hali hammasi emas. Mobiuz oylik Internet-to‘plamlari hamda OnNet opsiyasi uchun narxlarni keskin arzonlashtirdi. Masalan, 5 000 MB 33 ming so‘m (avval 56 ming so‘m), 10 000 MB 50 ming so‘m (avval 84 ming so‘m), 50 000 MB 75 ming so‘m (avval 252 ming so‘m) bo‘ldi. To‘plamlarning narxlari bo‘yicha ko‘proq ma'lumotni bu yerdan olish mumkin.

OnNet-to‘plamlari (har oyda avtomatik tarzda belgilanadi hamda ikkinchi oydan boshlab arzonroq bo‘lib qoladi) undan ham qulayroq bo‘ldi. Xususan,  10 000 MBning birinchi oydagi narxi 50 ming so‘mni tashkil qilsa, ikkinchi oyda 45 ming so‘m bo‘lib qoladi.

«Mazkur aksiyalar davomida kompaniya turli xil narxlardagi tarif rejalariga hamda barcha uchun mo‘ljallangan Internet-to‘plamlarga qaratmoqda. Shuni aniq aytishimiz mumkinki, aksiyalari abonentlarimiz hamda bo‘lajak mijozlarimizga yoqib tushdi, biz ulardan har kuni yuzlab ijobiy fikrlar olyapmiz. Bu holat bizni ilhomlantirgan holda yangidan-yangi g‘oyalar va loyihalarni amalga oshirishga undamoqda”, - deydi Mobiuzning' jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

Aksiyalar mazkur yilning kuz fasli yakunigacha amal qiladi. Kompaniya abonentiga aylanishni xohlagan barcha insonlar uchun tanlangan tarif rejasiga qarab chiroyli raqamlarga chegirmalar amal qilmoqda. 97 va 88 kodlari bilan boshlanadigan raqamlarni kompaniya ofislari hamda tijorat hamkorlarining savdo shoxobchalarida ulash mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: