AQSh Finlyandiyaga 27,2 mlrd dollarlik qiruvchi samolyotlar va o‘q-dorilar sotish niyatida
Xabar qilinishicha, birinchi navbatda 64 dona beshinchi avlod F-35 va 50 dona F/A-18E/F qiruvchi samolyotlari haqida gap bormoqda.

Foto: Wikipedia
AQSh Finlyandiyaga umumiy qiymati 27,2 mlrd dollarlik F-35 va F/A-18E/F qiruvchi samolyotlari hamda o‘q-dorilar yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh davlat departamenti va Pentagon tarkibiga kiruvchi hukumat idorasi ma'lum qildi.
Xabar qilinishicha, birinchi navbatda 64 dona beshinchi avlod F-35 va 50 dona F/A-18E/F qiruvchi samolyotlari haqida gap bormoqda. Bundan tashqari, yangi shartnomalar doirasida Finlyandiyaga ushbu samolyotlar uchun dvigatellar va ehtiyot qismlar, raketa-bomba qurollari yetkazib beriladi.
AQSh davlat departamenti Vashington va Xelsinki o‘rtasidagi ushbu shartnomani amalga oshirishga ruxsat bergan.
Amerika ma'muriyati ushbu qaror to‘g‘risida Kongressni xabardor qilgan.
Amerika hukumatining fikricha, shartnomalar "AQSh tashqi siyosati va milliy xavfsizligi" manfaatlariga javob beradi.
Mavzuga oid

16:37
CNN: AQSh Saudiya Arabistonida nafaqat Ukraina, balki Rossiya bilan ham alohida muzokaralar o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:30 / 08.03.2025
Ilon Mask Oq uyda davlat kotibi Marko Rubio bilan janjallashdi – OAV

16:41 / 08.03.2025