5 o‘yinda 7ta gol. Eldor Shomurodov milliy jamoada bir yildan buyon golli seriyasini davom ettirmoqda

Sport 22:39 / 08.10.2020 5436

«Rostov»dan Italiyaning «Jyenoa» klubiga o‘tgan 25 yoshli hujumchi uchun Eronga qarshi o‘yindagi gol 2020 yilda milliy jamoa safidagi dastlabki bahs va birinchi gol bo‘ldi.

Qayd etish joiz, Shomurodov Eron darvozasiga gol urgan o‘zbekistonlik ikkinchi futbolchi bo‘ldi. Bungacha vakillarimizdan Ulug‘bek Baqoyev 2012 yilda forslar darvozasini ishg‘ol eta olgandi. Yana bitta gol esa avtogol sifatida qayd qilingan.

E'tiborlisi, Eldor Shomurodov so‘nggi bir yildan buyon O‘zbekiston milliy jamoasi safidagi har bir bahsida o‘z nomini tabloga yozib qo‘ymoqda. Eron darvozasiga kiritilgan gol Shomurodovning ketma-ket 5-o‘yindagi golli seriyasi bo‘ldi. Bungacha u 2019 yilda Yaman, Singapur, Saudiya Arabistoni va Falastin bilan bahslarda ham gol muallifiga aylangandi. Eldor oxirgi 5 o‘yinida 7ta gol muallifiga aylandi.

Shomurodovning O‘zbekiston milliy jamoasidagi golli seriyasi:
08.10.2020. O‘zbekiston – Eron – 1:2 / 1ta gol
19.11.2019. O‘zbekiston – Falastin – 2:0 / 2ta gol
14.11.2019. O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni – 2:3 / 1ta gol
15.10.2019. Singapur – O‘zbekiston – 1:3 / 2ta gol
10.10.2019. O‘zbekiston – Yaman – 5:0 / 1ta gol.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov 2019 yilda BAAda o‘tgan Osiyo Kubogida ham O‘zbekiston milliy jamoasi safida o‘tkazilgan 4 uchrashuvda 4ta gol muallifiga aylangandi.

Ko‘proq yangiliklar: