La Liga. «Barselona» - «Sevilya» bahsida jamoalar mavsumda ilk bor ochko yo‘qotishdi

Sport 01:56 / 05.10.2020 7327

Ispaniya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Barselona» o‘z maydonida «Sevilya»ni qabul qildi. Bahsda g‘olib aniqlanmadi. Lyuk De Yongning goliga mezbonlardan Filippe Koutino javob berdi.

Durangdan so‘ng har ikki jamoa hisobidagi ochkolar 7taga yetdi. To‘plar nisbatiga ko‘ra «Barsa» 5-o‘rinni, «Sevilya» esa 6-pog‘onani egallab turibdi.

La Liga, 5-tur

Barselona – Sevilya 1:1
4 okyatbr, «Kamp Nou»
Gollar: Koutino (10) – de Yong (8).

Barselona – Neto, Serji Roberto, Pike, Arauxo, Alba (Dest, 75), Buskets, Koutino (Pyanich, 75), Frenki de Yong, Fati (Pedri, 61), Messi, Grizmann (Trinkau, 61). 

Sevilya – Bunu, Navas, Kunde, Diyego Karlos, Akunya, Jordan (Oliver Torres, 84), Fernando, Suso (Munir, 61), Rakitich (Gudel, 78), Okampos (En-Nesiri, 61), Lyuk de Yong (Fernandes, 85).

Ogohlantirishlar:  Pyanich (77), Gudel (87).

Ko‘proq yangiliklar: