Jadval: O‘zbekiston shaharlaridagi oziq-ovqat va dehqonchilik mahsulotlari narxlari - kartoshka arzonlashmoqda
Kun.uz’ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi muxbirlari o‘z hududlaridagi markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozorlaridagi 4 oktabr kunidagi narx-navolar haqida ma'lumot to‘plashdi.
Odatga ko‘ra, 10 turdagi oziq-ovqat va shuncha meva-sabzavot mahsulotlarining o‘rtacha narxlari to‘plab, tartiblandi.
O‘tgan haftadagi narxlarni solishtirish asnosida oydinlashmoqdaki, bozorlarda o‘simlik va paxta yog‘lari, shuningdek, shakar narxi hamon qimmatligicha qolmoqda. Toshkentdagi Mirobod dehqon bozorida shakar 5800 so‘mdan sotilayotgani e'lon qilingan. Lekin u 1 kg bo‘lmasligi mumkin.
Mol go‘shti eng qimmat joy (65 ming so‘m) hamon poytaxt Toshkent shahrida bo‘lsa, eng arzoni Navoiyda — 50 ming so‘m. Jizzaxda 1 kilo qo‘y go‘shti barcha hududlardagidan arzon — 55 ming so‘m. Tovuq go‘shti eng arzon joy Urganch — 15 ming so‘m.
Meva-sabzavotlar narxlari bozorlarda bir-biridan ko‘p ham farq qilmaydi. Kartoshka bahosi o‘tgan haftaga nisbatan ayrim joylarda 500 so‘mga arzonlay boshlagan. Ro‘yxatdagi yagona import meva — bananning eng arzoni Qo‘qon, Andijon va Denovda va eng qimmati hamon Nukusda ekanini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid

22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

10:02 / 16.04.2025
Toshkentdagi «Risoviy» bozori kimoshdi savdosiga qo‘yildi

09:33 / 28.03.2025