APL. «MYu» «Old Trafford»da «Tottenhem» tomonidan tor-mor etildi

Sport 22:33 / 04.10.2020 7157

Uchrashuvning ilk daqiqasidayoq Marsiyal penalti ishlagan va Fernandesh hisobni ochgan bo‘lsa-da, 4-daqiqadayoq Ndombele mezbonlar himoyasidagi kulguli xatoni golga aylantirgan bo‘lsa, 7-daqiqada Son Xyon Min mehmonlarni hisobda oldinga chiqardi – 1:2.

28-daqiqada bosh hakam Marsiyalni Lamelaga nisbatan qo‘polligini chetlatish bilan baholagach, son jihatdan ko‘p bo‘lgan Mourino jamoasini to‘xtatib bo‘lmadi.

Keyn va Son dubl qayd etgan bahsda London klubi «Old Trafford»dan 6:1 hisobidagi tarixiy g‘alaba bilan qaytdi.

«MYu» Premer-liga doirasida so‘nggi marta 2011 yilda «Manchester Siti»ga xuddi shu hisobda mag‘lub bo‘lib, eng yirik hisobdagi mag‘lubiyatni tan olgandi.

Bu g‘alabadan keyin «Tottenhem» 7 ochko bilan 5-o‘ringa chiqqan bo‘lsa, «MYu» 3 ochko bilan 16-o‘ringa tushdi.

APL. 4-tur
Manchester Yunayted – Tottenhem 1:6

Gollar: 1:0 – 2, penalti Brunu Fernandesh, 1:1 – 4 Ndombele, 1:2 – 7 Son Xyon Min, 1:3 – 30 Keyn, 1:4 – 37 Son Xyon Min, 1:5 – 51 Ore, 1:6 – 79, penalti Keyn.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Shou, Maguayr, Uan-Bissaka, Matich (Maktomini, 46), Brunu Fernandesh (Fred, 46), Pogba, Marsyal, Reshford, Grinvud (van de Bek, 68).
Tottenhem – Loris, Regilon, Sanches, Ore, Dayyer, Xeyberg, Sissoko, Lamela (Lukas Moura, 46), Ndombele (Alli, 69), Son Xyon Min (Devis, 73), Keyn.
Ogohlantirishlar: Lamela (32), Bayi (63), Shou (84).
Chetlatish: Marsyal (28).

Ko‘proq yangiliklar: