Surxondaryoda yuz bergan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
YTH yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Joriy yilning 3 oktabr kuni soat 11:10larda, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani, “Oqtepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 avtomobil yo‘lining 1603-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan S.S. tegishli hujjatlarsiz “Neksiya” rusumli avtomobil tezligini me'yoridan oshirgan holda “Jarqo‘rg‘on-Termiz” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarayotib, quvib o‘tish qoidalariga amal qilmasdan qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1963 yilda tug‘ilgan R.Sh. boshqaruvidagi avtobus bilan to‘qnashgan.
Natijada, “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi, 21 yoshli S.S. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi, 1999 yilda tug‘ilgan O.R. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:30 / 10.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024