FootWeek: Eronga qarshi Ahmedovsiz o‘ynaymiz. Shomurodov-chi, keladimi?

Sport 11:32 / 03.10.2020 30187

Osiyo Chempionlar ligasida ishtirokini yakunlagan «Paxtakor» haqida fikrlar o‘rin olgan dasturning bu sonidan. Jumladan, yurtimizning taniqli sharhlovchilari Murod Rizayev, Xayrulla Hamidov va Otabek Jo‘rayev, shuningdek, rejissyor Jamoliddin Bobojonov qit'aning klublar miqyosidagi eng nufuzli turniridagi «Paxtakor»ning ishtirokiga baho berdilar.

Aytish joizki, ularning ba'zi fikrlari bir joydan chiqdi. Jamoaning OChLdagi ishtirokiga berilgan baholar bir-biriga juda yaqin bo‘lsa, ayrim jabhalarda ayro fikrlarni ham uchratasiz. Kimdir murabbiylar shtabini eng zaif nuqta, deb bilgan bo‘lsa, yana kim uchundir darvozabon masalasi muammoli. Yaxshisi, futbol odamlari fikrini o‘zingiz eshitganingiz ma'qul.

Muallif O‘zbekiston milliy jamoasini yoddan chiqarmagan. 3 oktabr sanasidan boshlab navbatdagi yig‘inga kirgan Vadim Abramov boshchiligidagi jamoa oldida qanday rejalar bor, murabbiy tarkibga chaqirilganlarni qanday asosda chorlagan, kimlar kela oladi va kimlar yo‘q, kim koronavirusga chalindi, kim jarohat tufayli yig‘inni o‘tkazib yuboradi? Milliy jamoaning asosiy futbolchisi Odil Ahmedov nega chaqirilmadi? Eldor Shomurodov «Jyenoa» safiga qo‘shilgach, milliy jamoa lageriga yetib kela oladimi? Yig‘in doirasidagi Eron va BAAga qarshi o‘yinlar qachon va qayerda o‘tkaziladi, asosiysi, bo‘lib o‘tishi aniqmi?

Ana shu savollarga FootWeek loyihasidan javob olsangiz ajab emas.

Ko‘proq yangiliklar: