La Liga. «Real» Vinisiusning goli evaziga «Valyadolid»ni mag‘lub etdi

Sport 02:27 / 01.10.2020 2838

Ispaniya chempionatining 4-turida «Real» o‘z maydonida «Valyadolid»ni qabul qilib, minimal hisobda g‘alaba qozondi. Zaxiradan maydonga tushgan Vinisius Juniorning 65-daqiqada kiritgan to‘pi madridliklarga 3 ochko keltirdi.

G‘alabadan so‘ng «Real» ochkolarini 7taga yetkazib, 3-o‘ringa chiqib oldi. «Valyadolid» esa 2 ochko bilan 18-pog‘onaga joylashgan.

La Liga, 4-tur

Real – Valyadolid 1:0
30 sentabr, «Estadio Alfredo Di Stefano»
Gol: Vinisius Junior (65).

Real – Kurtua, Marselo, Odriosola (Karvaxal, 57), Varan, Ramos, Isko (Asensio, 57), Modrich, Valverde, Kazemiro, Benzema (Mayoral, 87), Yovich (Vinisius Junior, 58). 

Valyadolid – Roberto, Raul Karnero, Sanches, Bruno Gonsales, Ervias, Michel, San-Emeterio (Markos Andre, 64), Valdo Rubio (Gvardiola, 74), Orelyana (Kike Peres, 63), Plano, Veysman (Toni Vilya, 74).

Ogohlantirishlar: Bruno Gonsales (71), Kazemiro (78), Marselo (90+3).

Ko‘proq yangiliklar: