Angliya Liga Kubogi. Mourino ilk bor Lempard jamoasini mag‘lub etdi – «Tottenhem» 1/4 finalda

Sport 08:08 / 30.09.2020 4399

O‘yinning asosiy vaqtida jamoalar bittadan gol urishdi, Vernerning goliga Lamela javob berdi. Penaltilar seriyasida esa «ko‘klar» xavbeki Meyson Maunt adashdi va Mourino-Lempard qarama-qarshiligida ilk bor portugaliyalik mutaxassisning qo‘li baland keldi. Bungacha Frenk 3 marta ustozini mag‘lub etgandi.

Liga Kubogi, 1/8 final

Tottenhem – Chelsi 1:1
Penaltilar seriyasi: 5:4
29 sentabr, «Tottenhem Hotspur Stedium»
Gollar: Lamela (83) – Verner (19).

Tottenhem – Loris, Regilon, Ore, Tanganga (Keyn, 70), Dayyer, Sissoko, Ndombele, Lamela, Jyedson Fernandesh (Hyoyberg, 63), Bergveyn (Moura, 76), Alderveyreld. 

Chelsi – Mendi, Tomori, Chiluell (Emerson, 66), Zuma, Aspilikueta, Kovachich (Kante, 70), Jorjino, Maunt, Hadson-Odoi, Jiru (Abraham, 76), Verner.

Ogohlantirishlar: Kovachich (45), Ore (59), Tanganga (61), Jorjino (83).

Ko‘proq yangiliklar: