Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 16 yoshli qiz sodir etgan YTHda 14 yoshli bola vafot etdi
YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 27 sentabr kuni soat 20:00larda Toshkent shahar Uchtepa tumani 35-uy qarshisida, 2004 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan Sh.N. “Spark” rusumli avtomobilni boshqarayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1982 yilda tug‘ilgan I.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobilni quvib o‘tayotgan vaqtida ushbu avtomashina bilan to‘qnashib, boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi bo‘lakka o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Natijada, “Spark” rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 14 yoshli A.N. shifoxonaga olib ketilayotganda yo‘lda vafot etgan. Ushbu avtomobil haydovchisi, 16 yoshli Sh.N. va “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi, 46 yoshli A.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, ota-onalar haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan farzandlarining avtomobil boshqarishiga ruxsat bermasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh maxsus xizmatlari sobiq rahbarlari ustidan tergov boshlandi
Jahon | 15:41
-
Rim papasi yana Vatikanga Ukraina bo‘yicha muzokaralarga taklif qildi
Jahon | 15:07
-
Ish va hayot balansi eng yaxshi bo‘lgan davlatlar reytingi tuzildi
Jahon | 15:05
-
Kia O‘zbekiston bozorida yetakchilardan: 2025 yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar
O‘zbekiston | 15:00
Mavzuga oid

09:07
“Mahallamiz buni ko‘tara olmaydi”: fuqarolar Uchtepa City'ning 16 qavat bo‘lishiga qarshi

14:47 / 09.07.2025
Farhod ko‘chasidagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida jinoiy guruh a’zolari ushlandi

20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

10:21 / 02.01.2025