IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, polkovnik Oybek Murodov Shayxontohur tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Podpolkovnik Jahongir Isroilov Yunusobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Podpolkovnik Rasuljon Masharipov Mirobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Podpolkovnik Doniyor Isayev Yashnobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-tergov bo‘linmalari faoliyatini tahlil qilish bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.