Shumaxerning o‘g‘li «Formula-1»da debyut qiladi

Sport 19:46 / 29.09.2020 2842

 Mashhur avtopoygachi Mixael Shumaxerning o‘g‘li Mik Shumaxer «Formula-1» poygalarida debyut qiladi. Bu haqda The Mirror xabar bermoqda.

 21 yoshli poygachi Ayfel Gran-prisi poygalarida qatnashadi. Alfa Romeo jamoasi Shumaxer «Nyurburgring» trassasida bolidni boshqarishini tasdiqladi. Ayfel Gran-prisi 9-11 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.

Mik Shumaxer 2019 yil aprelda ilk marta «Formula-1» poyga bolidini boshqargandi. U Ferrari jamoasi tarkibida Bahrayndagi sinovlarda qatnashgan. 

Mik Shumaxer Yevropaning «Formula-3» musobaqasi chempioni hisoblanadi. 

 Uning otasi Mixael Shumaxer «Formula-1»da yetti karra chempion bo‘lgan. Mixael 2013 yilda Alp tog‘larida jarohat olgan bo‘lib, hali-hamon davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: