Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV Samara va Rostovda stansiyalar yaqinidagi lagerlar yopilganini bildirdi hamda chegara bo‘yicha tarqalgan xabarlarni rad etdi
Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasi 1 oktyabrdan ochilishi va Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududi orqali vatanga qaytishlari mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Arxiv foto. Videodan kadr: YouTube/Yevgeniy SHCHekin
O‘zbekistonning Qozon va Rostov-Don shaharlaridagi bosh konsulxonalari ma'lumotlariga asosan, 2020 yil 29 sentabr holatiga ko‘ra Samara viloyatining «Kinel», Rostov viloyatining «Pervomayskaya» va «Lixaya» temir yo‘l stansiyalari yaqinida O‘zbekiston fuqarolarining to‘planishi kuzatilmayapti.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi operativ shtabi axborotiga ko‘ra, to‘plangan barcha fuqarolar avtobus reyslari va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning maxsus poyezdlari orqali vatanga qaytarilgan. Shu munosabat bilan ushbu stansiyalar yaqinidagi maxsus vaqtinchalik lagerlar ayni paytda yopilgan.
Mamlakatning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari xabar berishicha, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasi joriy yilning 1 oktyabridan ochilishi hamda Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududi orqali vatanga qaytishlari mumkinligi haqidagi yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Bundan tashqari, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan ayrim shaxslar shaxsiy avtomobil vositalarida O‘zbekistonga qaytish to‘g‘risida turli e'lonlar tarqatmoqda.
“Hamyurtlarimizdan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmasliklarini so‘raymiz. Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi avtomobil chegaralari tomonlar ushbu masala bo‘yicha maxsus qaror qabul qilgunga qadar chet el fuqarolari uchun yopiq qolishi haqida ma'lum qilamiz.
Hozirda Vatanga qaytish istagidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun avia, temir yo‘l va avtobus charter qatnovlari tashkil etilmoqda. Ushbu reyslarga chiptalar onlayn tarzda sotilmoqda.
Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi tarqalayotgan bir paytda fuqarolarning bir joyda to‘planishi ularning virus bilan kasallanish ehtimolini keskin oshiradi. Bunday holat ayniqsa qariyalar, bemorlar, surunkali kasalligi bor fuqarolar uchun nihoyatda xavflidir.
Rossiya hududida bo‘lgan vatandoshlarimizdan joylarda to‘planmaslik, barcha karantin talablariga qat'iy rioya qilish hamda o‘zlari va yaqinlari salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini yana bir bor so‘raymiz”, - deyiladi axborotda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025