Buxoro davlat tibbiyot instituti xorijda o‘z filialini tashkil etadi

O‘zbekiston 12:54 / 29.09.2020 10930

Buxoro viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, institut Hindistonning Nyu-Dehli shahridan 20 km uzoqlikda joylashgan Noida Xalqaro Universiteti bazasida o‘z filialini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzoladi

Unga binoan 2020-2021 o‘quv yilidan institut professor-o‘qituvchilari Tibbiyot va jarrohlik bakalavri dasturi asosida o‘qishga qabul qilingan Hindiston fuqarolariga o‘z mamlakatlarida tahsil berishadi. 

Kelishuvga binoan, Xalqaro Noida Universiteti ta'lim jarayoni uchun zarur infratuzilma, moddiy-texnik baza, o‘quv laboratoriyalari hamda klinik bazalardan foydalanish bo‘yicha yordam ko‘rsatadi. 

O‘qishga qabul qilingan talabalar birinchi ikki yilni Hindistonda, qolgan 3 yilni esa Buxoroda o‘tkazishadi. Bu bugungi pandemiya sharoitida hind talabalarining o‘z vatanlarida turib tahsil olishlari uchun ham qulay imkoniyat. 

Buxoro davlat tibbiyot instituti, Noida xalqaro instituti hamda PeopleHive kompaniyasi o‘rtasida imzolangan ushbu uch tomonlama memorandum mamlakat oliy ta'lim muassasalarining xalqaro jozibadorligini ta'minlashda, ta'lim eksporti orqali institut moddiy barqarorlikni oshirishda hamda xalqaro reytinglarda o‘rin egallashiga asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi, deyiladi ma'lumotda.

Ma'lumot o‘rnida, Buxoro davlat tibbiyot instituti 2019 yilda Hindiston fuqarolariga ta'lim berish huquqini beruvchi Tibbiyot kengashi akkreditatsiyasidan o‘tgan edi. O‘tgan o‘quv yilida 50ga yaqin hind fuqarolari o‘qishga qabul qilingan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: