Ispaniya chempionatining 3-turida «Barselona» o‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qilib, javobsiz 4ta to‘p kiritdi. Barcha gollar birinchi bo‘limda urildi. O‘yin boshida Fati dublga erishdi, so‘ng u ishlagan penaltidan so‘ng Messi hisobni yiriklashtirdi. Bo‘lim so‘ngida esa Pau Torres avtogol sohibiga aylandi.
G‘alabadan so‘ng «Barsa» 3 ochko bilan 10-o‘ringa joylashdi. «Vilyarreal» esa 4 ochko bilan 8-pog‘onaga tushdi.
Ma'lumot uchun, «Barselona»ning dastlabki ikki turdagi o‘yini qoldirilgan.
La Liga, 3-tur
Barselona – Vilyarreal 4:0
27 sentabr, «Kamp Nou»
Gollar: Fati (15, 19), Messi (35, penalti), Pau Torres (45, avtogol).
Barselona – Neto, Alba, Langle, Serji Roberto, Pike, Koutino (Pedri, 70), Buskets (Pyanich, 78), de Yong, Fati (Dembele, 70), Grizmann (Trinkau, 78), Messi.
Vilyarreal – Asenxo, Estupinyan, Albiol (Mori, 84), Mario Gaspar, Pau Torres, Parexo, Chukvueze (Kubo, 74), Koklen (Trigeros, 46), Moyses Gomes, Jyerar Moreno (Bakka, 84), Pako Alkaser (Iborra, 46).
Ogohlantirish: Moreno (83).