Farg‘onada yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlovchi yangi qurilmalar ishga tushirildi

O‘zbekiston 08:53 / 28.09.2020 7074

Farg‘ona viloyati IIB tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi sohasiga zamonaviy texnikalar joriy etish davom etmoqda. Maqsad yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, qoidabuzarliklarni aniqlashda inson omilini kamaytirishdir

Viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ana shunday qurilmalardan yana biri Quva tumanida ishga tushirildi.

Ushbu qurilmalar yo‘l harakati qoidalarining 91-bandida nazarda tutilgan qoidabuzarliklar ya'ni “To‘xtash va to‘xtab turish” qoidalariga amal qilmagan transport vositalarini onlayn tarzda aniqlaydi. Tumanda o‘rnatilgan fotovideo qayd etish qurilmasi orqali bir kunda 115ta ana shunday qoidabuzarliklar qayd etildi.

Yaqin kunlarda ushbu zamonaviy texnikalar viloyatning Rishton, Toshloq, So‘x, O‘zbekiston va Buvayda tumanlarida ham ishga tushiriladi.

“Hurmatli haydovchilar! Oilaviy budjetingizga zarar keltirishni istamasangiz, yo‘l harakati qoidalariga amal qiling”, - deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: