Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuni munosabati bilan Xalqaro onlayn-konferensiya o‘tkaziladi

O‘zbekiston 15:15 / 27.09.2020 2101

Ushbu sanani nishonlash munosabati bilan hamda xalqaro hamjamiyat diqqatini barqaror rivojlanishning muhim elementi hisoblangan axborot tarqatish masalalariga qaratish maqsadida, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan birgalikda axborotdan umumfoydalanishga bag‘ishlangan Xalqaro onlayn-konferensiyani tashkil qiladi.

Konferensiyada BMT Bosh kotibining global kommunikatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Melissa Fleming, YeXHT Bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Tuula Yuryola, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva, YeXHT huzuridagi Shvetsiya elchisi va YeXHTning 2021 yildagi Doimiy kengashi raisi Ulrika Funered, OAV erkinligi masalalari bo‘yicha YeXHT vakolatxonasi ofisi direktori Yurgen Hayssel, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Helena Freyzer, Xalqaro matbuot instituti ijrochi direktori Barbara Trionfi, Osiyo-Tinch okeani eshittirishlar ittifoqining bosh kotibi Javad Mottagi, shuningdek deyarli 40 mamlakatdan 150ga yaqin milliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbir davomida axborotdan umumfoydalanishning muhimligi, ayniqsa COVID-19 pandemiyasi davridagi ahamiyati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi. Tadbirda axborotdan foydalanish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha mavjud resurslar haqida fikr almashish, shuningdek ilg‘or xalqaro tajribalar va so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ushbu sohada jamlangan ijobiy tajribani o‘rganish imkoniyati taqdim etilib, joriy muammolarni chuqurroq anglash va ularni bartaraf qilishning mumkin bo‘lgan yo‘llarini muhokama qilish uchun platforma yaratiladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: