Xorijdan qaytib kelgan rossiyaliklar majburiy izolyatsiyada bo‘lishi joriy etilmoqda

Jahon 00:58 / 24.09.2020 5515

Samolyotda xorijdan qaytgan Rossiya fuqarolari koronavirusga topshirgan testi natijasi chiqquniga qadar uy izolyatsiyasida bo‘lishlari talab etiladi. Bu haqda mamlakat bosh sanitar vrachi Anna Popovaning qarorida aytilgan.

Rossiya hukumati iyul o‘rtalarida mamlakatga xorijdan qaytgan fuqarolar uchun ikki haftalik majburiy izolyatsiyani bekor qilgandi. Mamlakatga kirib kelgan fuqaroda koronavirusga topshirgan testi manfiy chiqqanini tasdiqlovchi tibbiy hujjat bo‘lishi shart etib belgilangandi.

Agarda bunday hujjat bo‘lmasa, xorijdan kirib kelganlar koronavirusga  test topshirishi, test natijasi musbat chiqsa, u sog‘ayguniga va natija manfiy chiqquniga qadar uy karantinida bo‘lishi lozim edi.

Avvalroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov hukumatda o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimiga qaytish uchun asos yo‘qligini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: