Kadastr agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston 11:49 / 22.09.2020 15467

Agentlik xabariga ko‘ra, Otabek Valijonovich Allaberganov Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Otabek Allaberganov Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish, yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya hamda aerogeodeziya yo‘nalishlariga rahbarlik qiladi. 

Otabek Allaberganov

A.Allaberganov bunga qadar O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va komleks tahlil qilish departamenti iqtisodiy rivojlanish sohasida tizimli tahlil qilish va yangi tashabbuslarni ishlab chiqish sho‘'basi yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

To‘lqin Mansurovich Abdullayev Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimini egallagan. 

To‘lqin Abdullayev

To‘lqin Abdullayev agentlikda yer, kadastr va geodeziya nazoratini, davlat kartografiya-geodeziya fondi hamda davlat yer loyihalash ishlari yo‘nalishlariga rahbarlik qiladi.

U bunga qadar «Davergeodezkadastr» qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Mirsaid Sodiqovich Mirmaqsudov ham Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlangan.

Mirsaid Mirmaqsudov

Mirsaid Mirmaqsudov agentlikda Davlat kadastrlarini yuritish, IT-texnologiyalar, kompyuterlashtirish, axborot xavfsizligini hamda geoaxborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi yo‘nalishlariga rahbarlik qiladi. 

U bunga qadar Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator «O‘zinfokom» bosh direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Abdushukur Hamidovich Abdullayev Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari - «Geoinnovatsiya markazi» davlat unitar korxonasi direktori etib tayinlandi.

Abdushukur Abdullayev

Abdushukur Abdullayev agentlikda uchuvchisiz uchish qurilmalaridan (dronlar) foydalanish va ularni ta'mirlash ishlari hamda soha bo‘yicha kadrlar tayyorlash masallariga rahbarlik qiladi. 

Abdushukur Abdullayev 2017-2020 yillarda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi («Davergeodezkadastr») raisi bo‘lgan, qo‘mitaga Halilillo To‘raxo‘jayev rais bo‘lib kelgach, rais o‘rinbosari - «Geoinnovatsiya markazi» davlat unitar korxonasi direktori lavozimiga o‘tkazilgandi. 

Prezidentning 2020 yil 7 sentyabrdagi farmoni bilan «Davergeodezkadastr» Kadastr agentligiga aylantirildi. Keyinroq Halilillo To‘raxo‘jayev agentlik direktori etib tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: