Bo‘sh turgan obektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining asosiy vazifalari belgilanadi

O‘zbekiston 11:35 / 22.09.2020 2037

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan obektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan obektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

Belgilanishicha, qarorda nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan obektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta'minlashga
oid normalar mazkur markaz tashkil etilgan sanadan boshlab tatbiq etiladi.

Nizomga ko‘ra, Markaz tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

Markaz markaziy apparati;

Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari.

Quyidagilar Markazning bo‘sh turgan obektlardan samarali foydalanishni shu jumladan, davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalari hisoblanadi:

mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha toifadagi bo‘sh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va hisobini yuritish;

bo‘sh turgan davlat mulki obektlarini saqlash va ulardan samarali foydalanish, shu jumladan davlat mulki obektlarini ijaraga berishni tashkil etish;

ijaraga berilgan davlat mulki obektlarini va ularni ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larni hisobga olish va ularning monitoringini olib borish;

ijaraga berilgan davlat mulki obektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek, ijara to‘lovi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini hamda to‘g‘ri taqsimlanishini ta'minlash va nazorat qilish;

davlat muassasalari (korxonalari)ga biriktirilgan davlat mulki obektlaridan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish;

davlat, muassasalari (korxonalari)ga operativ boshqaruv huquqi bilan berilgan davlat mulki obektlarining ortiqcha qismini, shuningdek, foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki obektlarini olib qo‘yish;

Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xulosasiga asosan yaroqsiz deb topilgan davlat mulki obektlarini buzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

bo‘sh turgan xususiy mulk obektlarini ularning mulkdorlari ixtiyoriga ko‘ra ijaraga berilishida har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish;

Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

bo‘sh turgan obektlarning hududlar, sohalar va mulkchilik shakli kesimida elektron ma'lumotlar bazasini doimiy yangilab borilishini ta'minlaydi;

bo‘sh turgan obektlardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni yagona hisobini yuritadi;

bo‘sh turgan obektlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘liq va sifatli yuritish bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida elektron ma'lumotlarini almashuv tizimini yo‘lga qo‘yilishini ta'minlaydi;

elektron ma'lumotlar bazasiga kiritilgan bo‘sh turgan obektlarni tahlilini olib boradi;

bo‘sh turgan obektlarni xo‘jalik faoliyatiga jalb etish ishlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va Agentlikka kiritadi;

bo‘sh turgan obektlardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy ma'lumotlarni tayyorlaydi
va Agentlikka kiritadi;

bo‘sh turgan obektlarni yagona hisobini yuritish bo‘yicha ma'lumotlar bazasining samarali ishlashini qo‘llab-quvvatlashni ta'minlab borish bo‘yicha choralar ko‘radi;

foydalanilmayotgan obektlarni aniqlash va foydalanilmayotgan obektlarni xo‘jalik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha ishchi guruhlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirilishida amaliy yordam ko‘rsatishni tashkil etadi;

davlat mulkini ijaraga berish ishlarini tashkil etadi, hisobi va hisobotini yuritadi;

davlat mulkini ijaraga berishning ochiqligi va shaffofligini ta'minlaydigan ijaraga berishning yangi usullarini joriy etish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

bo‘sh turgan obektlardan samarali foydalanishni tashkil etish masalasida Markazning hududiy boshqarmalari faoliyatini umumlashtiradi;

Markaz vakolatiga kiradigan normativ-huquqiy va metodologiya bazasini ishlab chiqadi va takomillashtiradi;

Markaz tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yadi, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, Markazning kadrlar zaxirasini shakllantiradi;

Markaz xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;

Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi;

Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy boshqarmalari orqali amalga oshiradi.

Ko‘proq yangiliklar: