OChL. «Paxtakor» yana durang o‘ynadi va guruhdan chiqish masalasini so‘nggi turga qoldirdi

Sport 01:03 / 21.09.2020 7414

Osiyo Chempionlari Ligasida V guruhida 5-tur o‘yinlari yakunlandi.

«Paxtakor» BAAning «Shabob Al Ahli» klubi bilan bahs yuritdi va qatorasiga ikkinchi o‘yinda 0:0 hisobini qayd etdi. 

Guruhning ikkinchi o‘yinida Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi Eronning «Shahri Hudru» jamoasi bilan durang o‘ynadi va 11 ochko bilan muddatidan avval keyingi bosqichga chiqdi.

V guruhida ikkinchi yo‘llanma masalasi so‘nggi, 6-turda hal bo‘ladi. Bu yo‘llanma 8 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turgan «Paxtakor» yoki 7 ochko bilan 3-pog‘onaga joylashgan «Shabob Al Ahli»ga nasib etadi. 1 ochkoga ega Eron klubi esa yurishini guruh bosqichida yakunladi.

23 sentabr kuni o‘tadigan so‘nggi turda «Paxtakor» «Shahri Hudru» bilan, «Shabob Al Ahli» esa «Al Hilol»ga qarshi bahs yuritadi.

OChL, V guruhi, 5-tur, 20 sentabr
Shabob Al Ahli – Paxtakor 0:0
Shabob Al Ahli
– 55.Majid Nosir, 9.Abdulaziz Haykal, 21.Muhammad Jaber, 5.Volid Abbos, 37.Ahmad Jamil, 78.Eyd Hamis ( 77.Ahmad Alhashmi, 53), 15.Abdulla Naqbi (6.Aziz G‘aniyev, 62), 88.Majid Hassan, 34.Harib Abdulla (30.Muhammad Juma, 62), 3.Karlos Eduardo, 11.Ahmad Halil.
Paxtakor – 25.Eldor Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 23.Sherzod A'zamov, 15.Yegor Krimets (S), 34.Farruh Sayfiyev, 20.Odil Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (21.Abror Ismoilov, 72), 17.Doston Hamdamov (99.Javohir Sidiqov, 65), 10.Dragan Cheran, 9.Jaloliddin Masharipov, 11.Igor Sergeyev (77.Eren Derdiyo‘q, 72).
Ogohlantirishlar: Sardor Sobirxo‘jayev 7, Volid Abbos 46, Abdulaziz Haykal 49, Karlos Eduardu (78), Abror Ismoilov (85).

Shahri Hudru – Al Hilol 0:0

Ko‘proq yangiliklar: