Rossiya yetti yil ichida birinchi marta mudofaadan ko‘ra iqtisodiyotga ko‘proq mablag‘ sarflaydi

Jahon 20:46 / 19.09.2020 7036

Qayd etilishicha, kelgusi yilda mudofaaga 3,11 trln rubl (budjet xarajatlarining 14,5 foizi), iqtisodiyotga esa 3,37 trln rubl (15,7 foiz) ajratiladi.

Rossiyaning 2021 yilgi federal budjeti mudofaa xarajatlari 2014 yildan buyon birinchi marta iqtisodiyot xarajatlaridan kam bo‘ladi. Bu haqda yaqin uch yillik budjet loyihasiga asoslanib RBK xabar berdi.

Qayd etilishicha, kelgusi yilda mudofaaga 3,11 trln rubl (barcha xarajatlarning 14,5 foizi), iqtisodiyotga esa 3,37 trln rubl (15,7 foiz) ajratiladi.

Yangi budjet rejasiga ko‘ra, mudofaa xarajatlari YaIMga nisbatan 2,7 foizni tashkil etadi — bu 2011 yildan buyon eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Iqtisodiyot xarajatlari esa pandemiyagacha rejalashtirilganiga nisbatan 19 foizga o‘sadi. 

Armiyani qayta qurollantirish va mudofaa-sanoat majmuasini modernizatsiya qilish dasturi tufayli mudofaa xarajatlari 2012 yildan buyon o‘sib kelayotgandi. 2016 yilda mudofaa xarajatlari YaIMning 4,4 foizini tashkil etgan.

Ko‘proq yangiliklar: