“O‘zmetkombinat” AJ: maishiy chiqindilarni qayta ishlash – ozodalik va daromad manbai

Jamiyat 15:27 / 19.09.2020 2028

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi “2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ 2916-sonli qaroriga muvofiq kombinatda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, metallurgiya shlaklarini qayta ishlash, ulardan oqilona foydalanish tayyor mahsulot tannarxini arzonlashishiga olib keladi. Bundan tashqari, shlaklarni qayta ishlash sanitar-ekologik vaziyatni yaxshilanishiga olib keladi.

Shlak uyumlarini qayta ishlash sexida shlak uyumlaridan yiliga 1600 tonnadan ortiq metall parchalari ajratib olinib, qayta ishlash uchun kombinatning asosiy sexlari va boshqa korxonalarga yuboriladi.

Bu ishlarni amalga oshirishda Xitoylik investorlar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, bir qator kompaniyalar bilan shartnomalar imzolandi. Bugungi kunga qadar bu kompaniyalarga 0-500 mm fraksiyadagi shlakdan 200 ming tonnaga yaqini eksport qilindi.

“O‘zmetkombinat” AJ yangiliklari bilan ijtimoiy tarmoqlarda tanishib boring!

Telegram | Facebook | Instagram

“O‘zmetkombinat” AJ Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: