«Chelsi» «Liverpul»ga qarshi, A Seriya va Bundesligada start. Hafta o‘yinlari anonsi

Sport 14:58 / 19.09.2020 5142

ITALIYa

So‘nggi mavsumda chempionlik oxirgi turlargacha kechgan Italiya A Seriyasi start olmoqda. Turnir shanba kuni «Fiorentina» «Torino» bahsi bilan boshlansa, 30 sentabr chorshanba kungi markaziy o‘yin «Latsio» - «Atalanta» to‘qnashuvi bilan 1-tur o‘yinlariga yakun yasaladi.

A Seriyada amaldagi chempion «Yuventus» Andrea Pirlo qo‘l ostidagi ilk rasmiy o‘yinda «Sampdoriya»ga qarshi maydonga tushadi. Shu kuni nafaqat Pirloning murabbiy sifatidagi ilk rasmiy o‘yiniga guvoh bo‘lamiz, yangi futbolchilardan Artur ham Turin klubidagi ilk o‘yinida maydonga tushishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda chempion «Yuve»dan bir ochko kam jamg‘argan Antonio Konte qo‘l ostidagi «Inter» esa debyutant «Benevento» maydoniga safar qiladi.

Italiya A Seriyasi. 1-tur.

19 sentabr (shanba)

21:00. Fiorentino - Torino 

23:45. Verona – Roma 

20 sentabr (yakshanba)

15:30. Parma – Napoli  

18:00. Jyenoa – Krotone  

21:00. Sassuolo - Kalyari 

23:45. Yuventus - Sampdoriya

21 sentabr (dushanba)

23:45. Milan - Bolonya 

30 sentabr (chorshanba)

21:00. Udineze - Spetsiya

21:00. Benevento - Inter

23:45. Latsio – Atalanta

ANGLIYa

Tumanli Albionda markaziy uchrashuv yakshanba kuni «Chelsi» va «Liverpul» o‘rtasida kechadi. Transfer oynasida eng faol bo‘lgan Frenk Lempard amaldagi chempionni mag‘lub etishga urinadi. Ammo bu bahsda yangi o‘yinchilardan Hakim Ziyosh, Ben Chilvell, Tyago Silva va Kristian Pulishich jarohati sababli London klubiga yordam bera olmaydi.

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp esa kuni kecha jamoasi safiga qo‘shib olgan yangi o‘yinchisi Tiago Alkantarani «Chelsi» bilan o‘yinga maydonga tushirishi mumkin. Klub ispaniyalik o‘yinchini APL «zayavka»sidan o‘tkazishga ulgurgan.

Tur uchrashuvlari Karlo Anchelotti boshqaruvidagi «Everton» klubining liga debyutanti «Vest Bromvich»ga qarshi o‘yini bilan boshlanadi. Shanba kungi o‘yinlar ro‘yxatini «Lids» - «Fulhem» o‘rtasidagi liga debyutantlari «jangni» davom ettirsa, kechgi o‘yinlar jadvalidan o‘rin olgan bahsda «Manchester Yunayted» «Kristal Pelas»ga qarshi maydonga tushadi. Shu kuni Donni van de Bek «Old Trafford»da debyutini o‘tkazishi kutilmoqda. Qolaversa, Sulsher darvozada De Xeaga ishonadimi yoki jamoaga qaytgan Din Hendersongami - bu ham qiziq. Mojarolar ichida qolib ketgan Harri Maguayr va Meyson Grinvud, koronavirusdan tuzalib qaytgan Pol Pogba, jarohatdan tiklangan Lyuk Shou singari futbolchilarning qanday holatda bo‘lishi ham ko‘pchilik e'tiborida bo‘ladi.

Shanba kungi so‘ngi o‘yinda «London derbisi» kuzatiladi. «Arsenal» va «Vest Hem» o‘rtasidagi bahs qiziqarli o‘tishi aniq.

Shuningdek, yakshanba kuni 4ta uchrashuv o‘tkaziladi. «Tottenhem» «Sauthempton»ga qarshi bahsda tez orada rasmiylashtirishi kutilayotgan yangi transferlari – Beyl va Regilon xizmatidan foydalanishga ulgurmaydi. «Chelsi» - «Liverpul» to‘qnashuvidan tashqari «Lester»ning «Byornli» bilan bahsi ham muxlislarni kutmoqda.

«Manchester Siti»ning safarda «Vulverhempton»ga qarshi o‘yini dushanba kungi bahslar qatoridan joy olgan.

Angliya Premer-ligasi. 2-tur

19 sentabr (shanba)

16:30. Everton – Vest Bromvich   

19:00. Lids – Fulhem

21:30. Manchester Yunayted – Kristal Pelas 

23:59. Arsenal – Vest Hem

20 sentabr (yakshanba)

16:00. Sauthempton – Tottenhem   

18:00. Nyukasl – Brayton

21:30. Chelsi – Liverpul

23:00. Lester – Bernli

21 sentabr (dushanba)

22:00. Aston Villa – Sheffild

00:15. Vulverhempton – Manchester Siti.

ISPANIYa

Amaldagi chempion «Real» Ispaniya chempionatidagi ishtirokini «Real Sosedad»ga qarshi o‘tkazsa, «Barselona» Gamper kubogidagi o‘yini bois La Liga 2-tur uchrashuvini ham keyinroq o‘tkazadi.

Yangi mavsum oldidan «Real» avvalgi yillardagidek transfer oynasida faol bo‘la olmadi. Klub Garet Beyl va Serxio Regilonni «Tottenhem»ga, Ashraf Hakimini «Inter»ga qo‘yib yuborganini va Martin Edegorni ijaradan qaytarganini aytmasa, mavsum oralig‘ida kuchayishga erishmadi. Shunga qaramay, bosh murabbiy Zidan qo‘l ostidagi tarkib bilan chempionlikni himoya qila olishiga ishonmoqda.

La Liga. 2-tur.

19 sentabr (shanba)

19:00. Vilyarreal – Eybar           

21:30. Xetafe – Osasuna

00:00. Selta – Valensiya

20 sentabr (yakshanba)

19:00. Ueska – Kadis                    

21:30. Granada – Alaves                

21:30. Betis – Valyadolid

23:59. Real Sosedad – Real          

Levante – Atletiko (qoldirilgan)

Sevilya – Elche (qoldirilgan)

Gamper kubogi. Final

19 sentabr (shanba)

22:00. Barselona – Elche.

GeRMANIYa

Bundesliga chempioni «Bavariya» turning markaziy o‘yinida «Shalke»ga qarshi maydonga tushib, yirik 8:0 hisobida mag‘lub etdi.

Bugun, 19 sentabr shanba kuni o‘tadigan «Borussiya» Dortmund va «Borussiya» Myonxengladbax o‘rtasidagi qarama-qarshilik Bundesliga ishqibozlari diqqat e'tiborida bo‘ladi.

Germaniya Bundesligasi. 1-tur.

18 sentabr (juma)

Bavariya – Shalke (8:0)

19 sentabr (shanba)

18:30. Shtutgart - Frayburg

18:30. Verder - Gerta

18:30. Keln - Xoffenxaym

18:30. Union Berlin - Augsburg

18:30. Ayntraxt F - Arminiya

21:30. Borussiya D - Borussiya M

20 sentabr (yakshanba)

18:30. Leypsig - Mayns

21:00. Volfsburg – Bayyer

ROSSIYa

Rossiya Premer-ligasi 8-turida Eldor Shomurodov to‘p surayotgan «Rostov» o‘z maydonida «Rotor»ni qabul qilishi kerak edi, ammo uchrashuv raqib tarkibida bir necha nafar futbolchilarda koronavirus aniqlangani bois bekor qilinib, «Rotor»ga texnik mag‘lubiyat yozildi.

Oston O‘runov to‘p surayotgan «Spartak» jamoasi bu turda Qozonda «Rubin» klubi mehmoni bo‘ladi. Slutskiy va Tedesko murabbiyligidagi jamoalar o‘yini qiziqarli o‘tishi kutilmoqda. Moskva jamoasining so‘nggi o‘yinida gol muallifiga aylangan o‘zbekistonlik yarimhimoyachi bu bahsni asosiy tarkibda boshlashi mumkin.

Jasur Jaloliddinov faoliyat olib borayotgan «Lokomotiv» esa bu turda «Tambov»ni qabul qiladi.

Rossiya Premer-ligasi. 8-tur

18 sentabr (juma)

22:00. Krasnodar – Ximki (7:2)

19 sentabr (shanba)

18:30. Ural - Zenit

21:00. Rostov – Rotor (qoldirilgan)

20 sentabr (yakshanba)

16:00. Ufa - TsSKA

16:00. Arsenal - Sochi

18:30. Rubin - Spartak

21:00. Lokomotiv - Tambov

21 sentabr (dushanba)

21:00. Dinamo – Axmat.

Ko‘proq yangiliklar: