Yevropaning "lyuks" brendlari yarim yil ichida 22 mlrd dollardan ortiqroq mablag‘ yo‘qotdi

Jahon 23:21 / 18.09.2020 3106

Fransiyaning LVMH Moet Hennessy Louis Vuitton SE kompaniyasi daromadi birinchi yarim yillikda o‘tgan yilning shu davriga taqqoslaganda 7,79 mlrd dollarga kamaygan.

Pandemiya ortidan Yevropadagi "lyuks" toifasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalari savdosi 2020 yilning olti oyi davomida 22,14 mlrd dollarga kamaydi, deb yozmoqda Dow Jones.

Qayd etilishicha, Fransiyaning LVMH Moet Hennessy Louis Vuitton SE kompaniyasi daromadi birinchi yarim yillikda o‘tgan yilning shu davriga taqqoslaganda 7,79 mlrd dollarga kamaygan. Kompaniya ikkinchi chorakda Xitoyda savdolar o‘sganini qayd etdi, ammo Yevropa va AQShda daromadlar sezilarli darajada kamaydi.

Gucci, Saint Laurent, Balenciaga va Bottega Veneta brendlari egasi bo‘lgan Kering SA kompaniyasi daromadi yanvar-iyun oylarida 2019 yilning birinchi yarim yilligidagiga nisbatan 2,65 mlrd dollarga kam bo‘ldi. Kompaniya buni do‘konlarining yopilishi va xalqaro turizmning to‘xtab qolishi bilan izohladi.

Shveytsariyaning Buccellati va Cartier brendlariga egalik qiluvchi Compagnie Financiere Richemont SA kompaniyasi olti oy davomida 2,62 mlrd dollar yo‘qotdi.  

Ko‘zoynaklar ishlab chiqaruvchi Ray-Ban EssilorLuxottica kompaniyasi savdosi yarim yilda 3 mlrd dollarga kamaydi.

Ko‘proq yangiliklar: