Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

O‘zbekiston 17:48 / 18.09.2020 15552

Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, polkovnik Ulug‘bek Abdumurodovich Mirzaqambarov Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshladi.

Bundan tashqari, Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tayinlandi.

IIBB ma'lumotiga ko‘ra, podpolkovnik Qudrat Abduvaxatovich Yo‘ldoshev Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - Yo‘l patrul xizmati brigadasi komandiri lavozimini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Mirzaqambarov IIV migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Ko‘proq yangiliklar: