Tojikiston va Afg‘oniston xavfsizlik bo‘yicha qo‘shma komissiya tashkil etadi

Jahon 18:22 / 18.09.2020 3207

Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar Tojikiston xavfsizlik kengashi kotibi Nasrullo Mahmudzoda bilan uchrashdi. Bu haqda ASIA-Plus xabar berdi.

 Tomonlar uchrashuv davomida terrorizm, giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi, chegaralar xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, mahbuslarni ekstraditsiya qilish, xavfsizlik sohasidagi hamkorlik bo‘yicha tojik-afg‘on qo‘shma komissiyasini tuzish, terrorizmga qarshi kurashda samarali mintaqaviy yondashuvni ishlab chiqish muhokama qilindi.

Muhammad Hanif Atmar Dushanbega Tojikiston tomonining taklifi bilan 17 sentabr kuni kelgan.

Atmar Tojikiston prezidenti va mamlakat tashqi ishlar vaziri bilan ham uchrashuv o‘tkazgan.

Ko‘proq yangiliklar: