Shvetsiyalik yengil atletikachi 26 yil saqlanib kelgan jahon rekordini yangiladi  

Jahon 10:22 / 18.09.2020 5799

Shvetsiyalik yengil atletikachi Arman Dyuplantis langarcho‘p bilan balandlikka sakrashda sobiq ittifoq va Ukrainaning nomdor sportchisi Sergey Bubkaning jahon rekordini yangiladi.

Sportchi bunga “Brilliant ligasi”ning Rimda o‘tgan bosqichida erishdi. U 6,15 metrga balandlikka sakrab, ochiq inshootlardagi musobaqalar uchun Bubka tomonidan 1994 yilda o‘rnatilgan rekordni 1 smga yaxshilay oldi.

E'tiborlisi, Armanga yana bir yuqori natija tegishli bo‘lib, u yopiq inshootlardagi musobaqalarda balandlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordchisi hisoblanadi. Sportchining natijasi 6,18 metrni tashkil qilib, u bunga fevral oyida o‘tgan musobaqada erishgan. Bundan bir hafta oldin esa u 6,17 metrga sakrab, fransiyalik yengil atletikachi Reno Lavillenining natijasini 1 smga yaxshilay olgandi.

Ayollar orasida bu sport turi bo‘yicha jahon rekordi ochiq inshootlardagi musobaqalar uchun rossiyalik Yelena Isinbayevaga (5,06 metr), yopiq inshootlardagi musobaqalar uchun amerikalik Jyennifer Surga (5,03 metr) tegishli.  

Ko‘proq yangiliklar: