Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Turkiyadan 4,9 million dollarga teng bo‘lgan tayyor kiyim-kechak sotib olgan
O‘tgan sakkiz oy mobaynida import qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarining eng katta ulushi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Joriy yilning 1 sentabr holatiga O‘zbekiston 64ta davlatdan qiymati 16,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini import qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,2 mln. AQSh dollariga kam.
O‘tgan sakkiz oy mobaynida import qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarining eng katta ulushi Xitoy (6,5 mln.), Turkiya (4,9 mln.), Rossiya (839,1 ming), Hindiston (714,0 ming) va 647,9 ming AQSh dollari bilan Germaniya hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ma'lumot o‘rnida, 2019 yilda O‘zbekistonda qiymati 7,2 trln. so‘mga teng bo‘lgan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarilgan.
Mavzuga oid

08:25 / 17.07.2025
O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pi shaharlarda istiqomat qiladi

13:20 / 16.07.2025
O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatdan kelayotgani aytildi

13:39 / 15.07.2025
Xitoy O‘zbekistondagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilyapti

12:33 / 12.07.2025