Minerva City'dan joy oladigan xalqaro universitetga tamal toshi qo‘yildi

Jamiyat 12:30 / 18.09.2020 13409

17 sentabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, oliy va o‘rta maxsus ta'limi vaziri birinchi o‘ribosari O‘ktam Salomov, shuningdek, sarmoyadorlar, tadbirkorlar, kompaniya hamkorlari va do‘stlari yangi ko‘p funksiyali Minerva City turar joy majmuasi qurilish maydoniga tashrif buyurishdi. Minerva City – hududidan xalqaro universitet joy oladigan Sergelidagi «shahar ichida shahar».

Hokim 10.000 nafar talabaga mo‘ljallangan universitet konsepsiyasini baholab, o‘z nutqida: “Bu loyiha Toshkent shahri, Toshkent fuqarolari, Sergeli tumani, yangi tashkil qilinayotgan Yangihayot tumani va umuman mamlakatimiz fuqarolari uchun katta quvonch keltiradi. Universitetning qurilishi O‘zbekiston yoshlari, Toshkentimiz yoshlari uchun katta imkoniyat va Toshkent shahri uchun esa katta muvaffaqiyat deb o‘ylayman”, deb ta'kidlab o‘tdi.

Minerva City – 100 gektar maydonga ega yangi turar joy majmuasi. MJ Developers xalqaro kompaniyasining barcha loyihalari “shahar ichida shahar” prinsipiga asosan qurilmoqda. Qurilish ishlari jadal borayotgan Namangan Square va Rohatda qurilajak Lake City bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Minerva City ham istisno emas. Bu esa turar joy hududida qulay hayot kechirish uchun barchasi, ya'ni lyuks darajasidagi turar joy binolari, avtoturargohlar, shoping va biznes markazlari, parklar, bolalar maydonchalari, sayr uchun yashil hudud, mehmonxona, ko‘ngilochar markazlar, hatto golf maydonining ham mavjud bo‘lishi, demakdir.

Majmuaning ajralib turadigan muhim jihatlaridan biri bu bo‘lajak liderlarning rivojlanishi va ta'lim olishiga e'tiborning kuchliligidadir. Minerva City'da jahon darajasidagi bolalar bog‘chalari, maktablar va kollejlar, eng asosiysi – xalqaro universitet quriladi. Aynan shu Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi vakillarining tashrifi uchun asosiy sabab bo‘ldi.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev MJ Developers boshqaruvi raisi Murari Lal Jalal bilan birgalikda ushbu unutilmas sana sharafiga memorial lavha o‘rnatish orqali Minerva City'da xalqaro universitet qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan ramziy marosimni tantanali ravishda nishonladi. Bu darhaqiqat, tarixiy sanadir, axir aynan shu yerda yoshlar xalqaro darajada ta'lim olishadi, universitet esa yaqin yillarda bo‘lajak liderlarni tayyorlay boshlaydi.

Memorial lavha o‘rnatishdan tashqari MJ Developers mehmonlar uchun loyiha taqdimotini ham o‘tkazdi. Taqdimotda ta'kidlab o‘tilganidek, birinchi fazada universitet qurilishi rejalashtirilgan va 2021 yil sentyabrdan o‘quv yilini boshlash kutilmoqda, keyingi besh yil davomida qolgan talabalar shaharchasi, sport majmuasi, kutubxonalar va talabalar yotoqxonasi ham quriladi.

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun:

MJ Developers veb-sayti: themjdevelopers.com

Minerva City veb-sayti: minervacity.uz

Telefon: 1145

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: