Andijon viloyati xorijga 7,1 ming tonnadan ziyod qovunni 2,8 million dollarga sotdi

O‘zbekiston 10:57 / 18.09.2020 2667

Joriy yilning 1 sentabr holatiga O‘zbekiston qiymati 14,7 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 38,5 ming tonna qovun eksport qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda yetishtirilgan qovunlar 16ta xorijiy davlat bozorlariga yetkazib berilgan. Mazkur davlatlar orasida Qozog‘iston (13,1), Qirg‘iziston (12,4) va Rossiya 5,0 ming tonna ko‘rsatkich bilan yuqori ulushga ega.

Qayd etilishicha, bu yil Niderlandiya, Moldova, Chexiya va Gruziya davlatiga birinchi bor qovun eksport qilingan.

Ma'lumot o‘rnida, eksport qilingan qovun mahsulotining eng ko‘p ulushi Jizzax (7,6 ming tonna), Andijon (7,1 ming tonna), Farg‘ona (5,1 ming tonna), Namangan (4,6 ming tonna) va Sirdaryo (4,0 ming tonna) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ko‘proq yangiliklar: