Yo‘l harakati qoidalarini 17 marta buzgan shaxs 10 mln so‘mdan ortiq jarima to‘ladi

Jamiyat 17:45 / 17.09.2020 4411

Majburiy ijro byurosi Mirobod tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent shahar IIBB YHXBning qarzdor M.X.dan yo‘l harakati qoidalarini buzganligi sababli davlat foydasiga ma'muriy jarima undirish to‘g‘risidagi jami 17 ta ijro hujjati bo‘yicha 9 mln. 872 ming 840 so‘mlik ijro hujjatlari kelib tushgan va ijro hujjati qo‘zg‘atilib qo‘zg‘atish qarori qarzdorga ijro qilish uchun yuborilgan. 

Majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdorning mol-mulklariga band solingan va qarzdorga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasiga qidiruv e'lon qilingan. Qidiruv natijasida qarzdorga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasi topilib xatlandi. 

Qarzdor tomonidan 2020 yil 19 avgust kuni 17 ta ijro hujjati yuzasidan jami 9.872.840 so‘m asosiy qarzdorlik, ijro hujjati ijrosini o‘z vaqtida bajarmaganligi sababli 446.000 so‘m qo‘shimcha jarima pullari to‘liq undirildi. Ijro hujjatlari "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi qonunning 41-moddasi 1-bandiga asosan tamomlandi.

Ko‘proq yangiliklar: