Xitoylik milliarderga hashamatli yashash taqiqlandi

Jahon 21:24 / 17.09.2020 9630

Milliarderning yashashi va ishlashi uchun zarur bo‘lgan xarajatlardan boshqalari taqiq ostiga tushgan

Jumladan, endilikda Chen Fenning samolyotlarning birinchi sinfida uchishi, tez yurar poyezdlardan foydalanishi, qimmat kurortlar va lyuks mehmonxonalarda to‘xtashi, qimmatbaho ofislarni ijaraga olishi taqiqlanadi. Unga, shuningdek, uyida qimmat ta'mirlash ishlari o‘tkazish ham man qilindi.

Milliarder katta summa ishlatishdan oldin maxsus ruxsat olishi kerak bo‘ladi.  

Bunday qat'iy choralar ko‘rilishiga kompaniya mart oyida chiqarilgan sud hukmini inkor etgani sabab bo‘lgan.

2 yil avval xitoylik ayol milliarderning kompaniyasiga tegishli Jubaohui platformasi orqali ikkita investitsiyaviy mahsulot xarid qilgan. Biroq u bu xaridlar bo‘yicha dividendlar olmagach, sudga arz qilgan. Sud chiqargan qarorga ko‘ra HNA 10 kun ichida ayolga barcha tegishli pullarni foizi bilan birga to‘lashi kerak bo‘lgan, biroq buni qilmagan.

Bundan tashqari, kompaniyada qimmatbaho ko‘chmas mulk va Hilton, Deutsche Bank va Virgin Australia kompaniyalari aksiyalarini sotib olganidan keyin o‘nlab milliard dollarlik qarzdorlik vujudga kelgan, chunki ushbu xaridlarni qarzga olingan pullar evaziga amalga oshirgan. Kompaniya katta miqdordagi qarz sababli o‘z aktivlarini sota boshlagan.

Sarmoyachilar kompaniya o‘z qarzini to‘lay olishiga shubha bildira boshlashgach, mojaro chiqqan. Vaziyat shunchalik darajaga yetganki, kompaniya o‘z xodimlaridan qarz olishga uringan.

Ko‘proq yangiliklar: