Sergeli tumanida yo‘l ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, shu sababli 2020 yilning 17 sentyabridan 1 oktabr kunigacha Sergeli tumanida joylashgan Sofdil ko‘chasining Qipchoq ko‘chasidan Sergeli aeroportigacha bo‘lgan qismi yopiladi.
Yuzaga kelishi bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.