O‘zbekistonda 223,6 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi

O‘zbekiston 11:51 / 17.09.2020 3100

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 94,8 foizni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi (82,0 foiz)ni tashkil etdi.

Jami sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi pasayishining asosiy omili bo‘lib, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida 25,7 foizga va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilishda 8,8 foizga va ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 0,6 foizga pasayishi kuzatildi.

Shuningdek elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalashning 11,5 foizga o‘sishi kuzatildi.

Ko‘proq yangiliklar: