Mercedes vodorodda yuruvchi futuristik ko‘rinishdagi yuk mashinasini taqdim etdi (video)

Fan-texnika 20:51 / 17.09.2020 12973

Futuristik ko‘rinishga ega modelning og‘irligi 40 tonnani tashkil qiladi. U 25 tonna yuk ko‘tara oladi. Yuk mashinasi ikkita yonilg‘i bakiga ega bo‘lib, ulardan har biri 40 kg suyultirilgan vodorodni o‘z ichiga sig‘diradi. Bunday hajmdagi vodorod yuk mashinasining 1000 km yo‘l bosib o‘tishiga yetadi. Kompaniyada yuk mashinasining vodorod bilan to‘ldirilishiga oddiy yuk mashinasini dizel yonilg‘isi bilan to‘ldirish kabi vaqt ketishiga va'da qilingan.   

Mashina ikkita elektr dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Ularning eng yuqori quvvati 449 ot kuchini, tayanch quvvati esa 312 ot kuchini tashkil qiladi. Motorlar 300 kVtli yonilg‘i elementlari tizimi va qo‘shimcha 400 kVt bera oladigan akkumulyatordan energiya oladi.

Nemis kompaniyasi, shuningdek, ikkita elektr yuk mashinasini taqdim etgan. Bular eActros va eActros LongHaul modellari bo‘lib, ular bir quvvatlanishda mos ravishda 200 km va 500 km yo‘l bosa oladi. eActros 2021 yildan, eActros LongHaul esa 2024 yildan ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda nemislardan tashqari, vodorodda yuruvchi yuk mashinalarini yaratish ustida bir necha kompaniya ish olib bormoqda. Jumladan, oktabr oxirida Hyundai kompaniyasi HDC-6 Neptune deb nomlangan yuk mashinasini taqdim etishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Toyota kompaniyasi ham shu yo‘nalishda ish olib bormoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: