Masdar Energy Navoiy viloyatida shamol salohiyatini tahlil qiladi

O‘zbekiston 11:29 / 17.09.2020 1705

Masdar Energy kompaniyasi (BAA) Navoiy viloyatining Tomdi tumanida shamol salohiyatini o‘rganish uchun to‘rtta meteorologik ustun (meteo-machta) o‘rnatdi

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu Navoiy viloyatida 500 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini (ShES) qurish loyihasini amalga oshirishning navbatdagi bosqichi hisoblanadi.

Qayd etilishicha, kelajakdagi shamol elektr stansiyasining qurilish maydonidagi shamol potensialini o‘rganish natijalari loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy asoslanishini yakunlash imkonini beradi, bu esa xalqaro moliya institutlari bilan kredit shartnomalarini tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

2020 yil 8 iyun kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Masdar Energy kompaniyasi o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzolangandi. Ushbu shamol elektr stansiyasini ishga tushirish 2023 yilga rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Energetika vazirligi Birlashgan Arab Amirliklarining ushbu kompaniyasi bilan qayta tiklanadigan energetika sohasidagi yagona qo‘shma loyihasi emas. Masdar, shuningdek, Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega fotoelektr (quyosh) stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tanlovning birinchi bosqichi g‘olibi hisoblanadi.

Kompaniyaning g‘alabasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 1 kVt. soatiga 2,679 AQSh senti tarifini va FES qurilishining 12 oylik muddatini taklif qilgan. BAA mutaxassislari fikriga ko‘ra, quyosh elektr stansiyasi yiliga 260 million kVt. soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Ko‘proq yangiliklar: